Stomatologiya – og‘iz bo‘shlig‘i a’zolari kasalliklarining tarqalishi, kelib chiqish sabablari va rivojlanish mexanizmlarini o‘rganadigan, shuningdek ularning oldini olish, diagnostika va davolash bilan shug‘ullanuvchi tibbiyot sohasi.
Chiroyli, oppoq, tekis va sog‘lom tishlar zamonaviy jamiyatda go‘zallikning eng muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Odatda muvaffaqiyatli va jozibador insonning maftunkor tabassumi bo‘lishi kerak deb qaraladi, tekis va chiroyli tishlar esa insonga o‘ziga bo‘lgan ishonchni beradi.