Urologiya – erkaklar va ayollarda siydik ajratish tizimi kasalliklarini davolash bilan shug‘ullanuvchi tibbiyot sohasi. Darhaqiqat, buyrak yallig‘lanishi (o‘tkir va surunkali pielonefrit), siydik-tosh kasalligi, siydik pufagi yallig‘lanishi (o‘tkir va surunkali sistit), siydik chiqarish yo‘li yallig‘lanishi (o‘tkir va surunkali uretrit) kabi kasalliklar erkaklar va ayollarda uchraydi.
Urolog-androlog erkaklar reproduktiv tizimi kasalliklarini davolaydi. Ushbu tizim farzand ko‘rish funksiyasi hamda erektil funksiyaga (potensiya, ayolga bo‘lgan qiziqish, jinsiy aloqa davomiyligi va eyakulyatsiya tezligi) javob beradi.
Klinikamiz sharoitida shifokorlar o‘tkir va surunkali sistit, pielonefrit, siydik-tosh kasalligi, spesifik va nospesifik prostatit, balanopostit, bepushtlik, epididimit, uretrit, orxit, vezikulit hamda jinsiy a’zo, moyak xaltachasi va buyrak bilan bog‘liq boshqa kasalliklarni diagnostika va davolashni amalga oshiradilar.