Tahlillarga tayyorgarlik
To‘g‘ri tayyorgarlik aniq natija olishga yordam beradi. Quyida umumiy qoidalar keltirilgan. Ayrim tahlillarning o‘z talablari bo‘lishi mumkin — ularni yozilishda administrator aytib beradi.
Qon tahlillari
- Ertalab, och qoringa topshiring: oxirgi ovqatdan keyin 8–12 soat o‘tishi kerak. Gazsiz toza suv ichish mumkin.
- Bir kun oldin yog‘li va qovurilgan ovqat yemang, spirtli ichimlik ichmang.
- Bir kun oldin og‘ir jismoniy mashg‘ulot va zo‘riqishdan saqlaning.
- Qon topshirishdan kamida 1 soat oldin chekmang.
- Qon olishdan oldin 10–15 daqiqa tinch o‘tiring.
- Dori-darmon qabul qilayotgan bo‘lsangiz, shifokorni ogohlantiring. Ularni o‘zingiz to‘xtatmang.
Gormonlar
- Gormonlarga qon odatda ertalab, och qoringa topshiriladi.
- Ayollar jinsiy gormonlari hayz siklining ma’lum kunlarida topshiriladi — sizga qaysi kun kerakligini shifokor aytadi.
- Gormonal dorilar qabul qilayotgan bo‘lsangiz, albatta shifokorga ayting.
Umumiy siydik tahlili
- Ertalabki birinchi siydikni toza bir martalik idishga yig‘ing.
- Yig‘ishdan oldin gigiyena qiling; tahlil uchun siydikning o‘rta qismi kerak.
- Idishni 1–2 soat ichida laboratoriyaga olib keling.
- Ayollarga hayz paytida siydik tahlilini topshirish tavsiya etilmaydi.
Surtmalar va PCR diagnostika
- Urogenital surtmadan 2–3 kun oldin vaginal sham, krem va chayishlardan foydalanmang.
- Surtmadan 1,5–2 soat oldin siymaslikka harakat qiling.
- Ayollardan hayz paytida surtma olinmaydi.
- Yaqinda antibiotik qabul qilgan bo‘lsangiz, shifokorga ayting: tahlilni qachon topshirish shunga bog‘liq.
Bolalar uchun
Bola tahlildan oldin qancha vaqt ovqatlanmasligi va qanday tayyorlanishi yoshiga bog‘liq. Buni pediatrdan yoki yozilishda administratordan so‘rang.
Savol va javoblar
Qon tahlilidan oldin suv ichsa bo‘ladimi?
Ha, gazsiz toza suv ichish mumkin. Choy, qahva, sharbat va shirin ichimliklar mumkin emas.
Oldindan yozilish kerakmi?
Yozilmasdan kelsangiz ham bo‘ladi — jonli navbat tartibida. Yozilganlar belgilangan vaqtda navbatsiz qabul qilinadi.
Shifokor yo‘llanmasi kerakmi?
Yo‘q, tahlillarni yo‘llanmasiz topshirish mumkin.
Qonni qachon topshirish mumkin?
Qon olish — dushanbadan shanbagacha 08:00 dan 14:00 gacha. Laboratoriya 18:00 gacha ishlaydi.
Natijalar qachon tayyor bo‘ladi?
Odatda 30 daqiqadan 5 soatgacha — tahlil turiga qarab. Ko‘pchilik natijalar shu kunning o‘zida tayyor bo‘ladi.
Natijalarni qanday olish mumkin?
Klinikada qog‘ozda yoki Telegramda.
Tahlillarni uyda topshirsa bo‘ladimi?
Ha, uyga chiqish xizmati bor. Vaqt va narxni administratordan bilib oling.
Bir daqiqada yoziling
Administrator ish vaqtida 5 daqiqa ichida qo‘ng‘iroq qilib, shifokor va vaqtni tanlab beradi. Yozilganlar navbatsiz qabul qilinadi.
- 1Saytda, Telegramda yoki telefon orqali ariza
- 2Administrator 5 daqiqada qo‘ng‘iroq qiladi
- 3Belgilangan vaqtda navbatsiz qabul
Du–Sha 08:00–20:00 · Qibray, Alisher Navoiy ko‘chasi, 104a-uy
Onlayn ariza
Ism va telefonni kiriting — qolganini qo‘ng‘iroqda aniqlash mumkin.
